QALBLAR QUVONCHI, KO‘NGILLAR OROMI UCHUN

Bugun Xalqaro nogironlar manfaatlarini himoya qilish, ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish kuni.
Shu munosabat bilan SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali Pedagogika va tillarni o‘qitish fakulteti jamoasi, “Jurnalist maktabi” to‘garagi a’zolari fakultet dekani A. Sobirov bilan birga Kattaqo‘rg‘on shahridagi maxsus maktab-internatda bo‘lishdi.
Bu maskanda ta’lim olayotgan mehr va e’tiborga muhtoj, ikki og‘iz shirin so‘zingizga oshufta bolajonlarga o‘quv qurollari hamda shirinliklar hadya qilindi.
Beg‘ubor bolajonlar bilan dildan suhbat qurilib, ularning orzu-umidlari bilan o‘rtoqlashildi.
backspace
caps lock enter
shift shift
Virtual keyboard by RTTM   « » { } ~
X